“Barsa” beshta zo‘r o‘yinchini nishonga oldi

  • 24 fevral, 21:40
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshiradigan o‘yinchi olishni istayapti. Qolaversa, bu o‘yinchi  Rafinya bilan raqobatlasha olishi va murabbiyga rotatsiya uchun turli variantlar yuzaga keltirishga qodir bo‘lishi kerak. 

Tecno

Klub mutasaddilari germaniyalik mutaxassis talabiga ko‘ra, beshta hujumkor futbolchi ro‘yxatini taqdim qildi.

Luis Dias:
Kolumbiyalik futbolchining “Liverpul” bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq “qizillar” yaxshi taklif tushsa, Diasni qo‘yib yuborishga tayyor. 

Jeremi Doku:
Bu hujumkor futbolchining “Manchester Siti”dagi kelajagi kafolatlanmagan. Ayniqsa, Xosep Gvardiola jamoaga Umar Marmushni olib kelganidan keyin uning o‘yin vaqti yanada qisqardi. Dokuning o‘zi zaxirada qolib ketgandan ko‘ra, “Barselona”ga o‘tishni ma’qul ko‘rsa kerak. 

Niko Uilyams: 
“Atletik” yulduzi o‘tgan yozda rosa talash bo‘ldi. Lekin o‘yinchining o‘zi oxir-oqibat Bilbaoda qolishga qaror qildi. 
Niko Uilyams — “Barsa”ning eng katta orzusi. Bu futbolchi kataloniyaliklarning o‘yin uslubiga ideal darajada mos tushadi. 

Markus Reshford: 
“Manchester Yunayted”ning eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan hisoblangan Markus Reshford jamoani Ruben Amorim qabul qilib olganidan keyin qadrdan klubini tark etishga majbur bo‘ldi. Garchi 27 yoshli forvard “Aston Villa”da vaqtincha o‘ynashga rozilik bergan bo‘lsa-da, yozda uni Kataloniyaga olib ketishlarini kutyapti. 

Jeymi Bayno-Gittens: 
20 yoshli hujumkor futbolchining “Borussiya Dortmund” bilan amaldagi shartnomasi yana uch yarim yil davom etadi.  Dortmundliklar yangi iqtidorli 100 million evroga baholayotgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar kelajak uchun bu o‘yinchini transfer qilishga qarshi emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!