
“Barsa” bir futbolchidan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoa markaziy himoyachilaridan biri Andreas Kristensenni sotib yuborishga qaror qildi.
Taniqli jurnalist Ferran Martines tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, kataloniyaliklar joriy mavsum yakunlanishi bilan 28 yoshli futbolchi bo‘yicha har qanday taklifni o‘rganib chiqishga tayyor.
Daniyalik futbolchi “Barselona”ga 2022 yilning yozida erkin agent sifatida kelgan va jamoa bilan 2026 yilning yozigacha davom etadigan bitim imzolagan. Kataloniyaliklar tajribali o‘yinchini har qanday narxga qo‘yib yuborgan taqdirda ham foyda keradi.
Kristensen “Brondbyu” va “Chelsi” klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyati davomida “Chelsi”dan tashqari ikki yil ijara asosida Dortmundning “Borussiya” klubida ham to‘p tepgan.
Ayni paytda tajribali himoyachining Transfermarkt portalidagi transfer summasi 20 million evroni tashkil etmoqda.
Fikrlar