“Barsa”: Bitta ham transferga imkonimiz yo‘q!
“Barselona” Ispaniya Superkubogi uchun o‘tkazilgan hal qiluvchi bahsda ashaddiy raqib “Real”dan qaqshatqich mag‘lubyatga uchradi.
Klub sport direktori Deku “Barselona” ayni paytda transfer bozorida faollik ko‘rsata olmasligi va tarkibini yangi ijrochilar bilan kuchaytirishga imkon yo‘qligini ta’kidladi.
- Hozir birorta yangi o‘yinchi ololmaymiz, vaziyatning bori shu, - dedi Deku.
Kataloniya klubi bir necha yildan beri moliyaviy inqirozdan to‘liq qutila olmayapti. Bu holat “Barselona”ga kuchli futbolchilarni olib kelishga halaqit qilmoqda.
Keyingi paytda kataloniyaliklar asosan erkin agentga aylangan futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olish orqali tarkibni kuchaytirishga urinmoqda.

Fikrlar