“Barsa”: Bu yulduzimiz gapga ko‘nmayapti

  • 28 may, 09:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati jamoada eng katta maosh olayotgan o‘yinchilardan Frenki de Yong masalasini hal qila olmay, muammoga duch kelmoqda.

Tecno

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtab qolgan va tomonlar hech kelisha olmayapti. Kataloniya klubi mutasaddilari niderlandiyalik pleymeykerning kelasi mavsum erkin agentga aylanib, boshqa klubga bepul o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Qolaversa, bitimning tugashiga bir yil qolgani shu yozda Frenki de Yongning narxi pasayishiga ta’sir qiladi.

Frenki de Yong esa, anchadan beri klub mutasaddilariga bosh og‘riq bo‘lib keladi. U o‘tgan yili yozda ham klub bilan hamkorlik muddatini uzaytirish taklifiga javob qaytarmagan edi.

Agar iste’dodli yarim himoyachi tez orada yangi kelishuvni imzolamasa, klub uni yozda sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!