“Barsa”: Bu yulduzni olmaymiz!

  • 2 dekabr, 2024, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Kataloniyaliklar oldingi chiziqqa taklif etiladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga “Lill” hujumchisi Jonatan Devidni ham kiritgan edi.

Sport.es nashrining yozishicha, klub bu transferning o‘zini oqlashiga shubha bilan qaray boshladi. Aslida Devid yozdi erkin agentga aylanadi. Shunga qaramay, bu transfer uchun yaxshiga mablag‘ kerak bo‘ladi.

Hisob-kitoblarga qaraganda, Devidning transferi “Barselona”ga 80 million evroga tushadi. Bu summa ichiga 24 yashar kanadalik o‘yinchining to‘rt yillik maoshi, jamoani tanlagani uchun bonus va agentning komissiya haqi kiradi.

“Barsa” rahbariyati bu summa klub byudjetiga mos emas, degan xulosaga keldi va hujumchi uchun kurashni to‘xtatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!