
"Barsa" Dani Olmo bo‘yicha yakuniy qarorga keldi
Ispaniyalik iste’dodli yarim himoyachi Dani Olmo ushbu mavsumdan so‘ng Kataloniya klubini tark etishi mumkin. Bu haqida "deadlinedaylive" nashri ma’lum qildi.
Manbaning xabariga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati yarim himoyachini sotuvga qo‘yadi. "Ko‘k-anorranglilar" Olmoning transferi bo‘yicha 70 million evrodan boshlanadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Dani o‘tgan yozda jamoaga o‘tgan edi.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2030 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. "Transfermarkt" portali uning narxini 60 million evroga baholamoqda. La Liganing joriy mavsumida Dani 21 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar