
“Barsa” futbolchilari mashhur yulduzning jamoaga kelishiga qarshilik qildi
“Barselona” rahbariyati qishki transferlar vaqtida Markus Reshfordni Kataloniyaga olib kelishni rejalashtirgan va bu borada dastlabki harakatlarini boshlagan edi.
El Nacional nashrining yozishicha, klubning bir necha futbolchilari, xususan Gavi, Pedri va Fermin Lopes bu g‘oyaga qarshi chiqqan.
“Barselona” futbolchilari Markus Reshfordning yuqori sport formasida emasligi va doim mojarolar markazida bo‘lishi jamoaning ichki muhitiga salbiy qilishini ta’kidlab, bu transferga qarshi chiqqan. Ular o‘z pozitsiyalarini Reshfordning tashrifi foydadan ko‘ra ko‘proq ziyon keltirishi mumkinligi bilan izohlagani aytilmoqda.
“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim ham 27 yoshli forvardning o‘yinga va mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatidan qoniqmagani uchun o‘tgan yilning oxirida Reshfordni jamoadan uzoqlashtirgan edi.
Klub rahbariyati shundan keyin mahalliy muxlislar yoqimtoyini boshqa jamoaga o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa, Markus joriy mavsumni “Aston Villa”da yakunlab qo‘yadigan bo‘ldi.
Qizig‘i shundaki, Reshfordning o‘zi “Barselona” qiziqishidan xabar topganidan keyin aynan mana shu jamoaga o‘tishga moyillik bildirgan edi. U hali ham o‘z fikridan qaytmagan va yozda bu masala yana ko‘tarilishini kutmoqda.
Fikrlar