“Barsa” futbolchisini “Siti”ga katta summaga bermadi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jamoa himoyachisi Alehandro Bal'deni bu yozda ham sotmaslikka qaror qildi.
Diario SPORT nashri ma'lumotiga ko'ra, “Manchester Siti” va “Chelsi” 80 million evrodan taklif bergan bo'lsa-da, klub prezidenti Joan Laporta futbolchini sotilmaydigan o'yinchilar qatoriga kiritgan.
Klub sport direktori Deku qiziqish bildirgan barcha klublarga Bal'de transferga qo'yilmasligini ma'lum qilgan.
“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan Bal'de o'tgan mavsumda 42 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar