
"Barsa" hammani lol qoldirayotgan "Jirona"dan ukrainalik hujumchini sotib olmoqchi
"Barselona" klubi "Jirona"dan hujumchi Artyom Dovbikni sotib olmoqchi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.
26 yoshli hujumchi joriy mavsum La Liganing 17 o‘yinida 11 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Uning bu kabi ajoyib ko‘rsatkichlaridan so‘ng Dovbikka bir qator top klublar jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Ayni vaqtda Artyomning "Transfermarkt" portalidagi narxi 28 million evroni tashkil etadi. Uning "Jirona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.
Fikrlar