
“Barsa” katta muammoga duch keldi
“Barselona” Ispaniya chempionati qaydnomasiga besh nafar futbolchini kirita olmadi. Bunga moliyaviy etishmovchiliklar sabab bo‘lmoqda.
Ro‘yxatga kirtilmagan o‘yinchilar orasida Evropa chempionati qahramoni va yaqinda “Leyptsig”dan transfer qilingan Daniel Olmo ham bor. Undan tashqari, Aleks Vale, Pau Viktor, Pablo Torre va Inigo Martines ham musobaqa qaydnomasiga kiritilmadi.
Bu muammoni hal qilish uchun klub kamida 60 million evroga teng chiqish transferlarini amalga oshirishi shart. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Bundan avvalroq, Kataloniya klubi ijradan qaytgan o‘yinchilari – himoyachilardan Erik Garsiya, Kleman Langle, hujumkor futbolchi Ansu Fatini ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurgan edi.
Qoidaga ko‘ra, yangi futbolchilarni tur uchrashuvlari boshlangunicha ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati bor.
Fikrlar