
“Barsa” katta transferga qo‘l urmoqda
“Bayer”ga ilk bor chempionlikni taqdim etgan futbolchilardan biri Jeremi Frimpong kelasi mavsumni “Barselona”da boshlashi mumkin.
Sport.es saytining yozishicha, niderlandiyalik himoyachiga “Barselona”ning yangi bosh murabbi Xans-Diter Flik shaxsan qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar 23 yoshli o‘yinchini so‘rab, leverkuzenliklarga murojaat qilgan. Biroq Bundesliga chempioni birinchi taklifni rad etdi.
Jeremi Frimpongning o‘zi hali kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. U bor e’tiborini Niderlandiya terma jamoasi safida Evropa chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishga qaratgan.
Frimpong yakunlangan mavsumda 47 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol va 12 ta assist muallifi bo‘ldi. 2028 yilning yarmigacha amal qiladigan shartnomaga ega himoyachi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar