“Barsa” katta transferga qo‘l uryapti

  • 11 iyun, 2024, 14:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni mo‘ljallamoqda.

Tecno

Sport.es nashrning yozishicha, kataloniyaliklar yozgi transferlar davrida asosiy nishon sifatida “Atletik”ning hujumkor fubolchisi Niko Uilyamsni tanladi.

“Barselona” sport direktori Deku 21 yoshli futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, ularni rejalari haqida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Deku bilbaoliklarga futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan summadan ko‘proq taklif qiladi. Buning evaziga “Atletik” rahbariyati o‘sha mablag‘ bir necha qismga bo‘lib to‘lanishiga rozi bo‘lishi kerak.

Yakunlangan mavsumda La Liga va Ispaniya kubogida 37 ta uchrashuvda sakkizta gol va 17 ta assist muallifi bo‘lgan Niko Uilyams ayni paytda 50 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!