“Barsa” kutilmaganda bir yulduzdan voz kechdi

  • 6 may, 2024, 13:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan keyin Pedrini sotib yuborishga qaror qildi.

Tecno

Radio Marca jurnalistlarining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari ana shu maqsadda 21 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha davom etayotgan muzokaralarni to‘xtatdi.

Klub bu yarim himoyachi bo‘yicha har qanday takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirmoqda.

Pedrining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. 2019 yildan beri asosiy tarkib a’zosi hisoblangan futbolchi shu kunga qadar barcha turnirlarda 138 marotaba maydonga tushib, 18 ta gol va 13 ta assist muallifi bo‘lgan.

Transfermarkt ekspertlari iste’dodli futbolchining transfer summasini 80 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!