“Barsa” Levandovski o‘rniga boshqa to‘purar topdi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” asosiy to‘purar – 36 yoshli Robert Levandovskining o‘rnini bosa oladigan hujumchi topdi.
Caught Offside nashrining yozishicha, kataloniyaliklar Angliya Premer-ligasida “Chelsi” sharafini himoya qilayotgan Nikolas Jeksonni nishonga oldi.
Ispan klubi 24 yoshli Jeksonni o‘z safiga qo‘shib olishi uchun kamida 50 million evro to‘lashi talab etiladi. Bir necha yildan beri moliyaviy muammolardan aziyat chekayotgan kataloniyaliklar bu summani to‘lashi qiyin.
Shundan kelib chiqib, “Barselona” rahbariyati Jeksonni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi barcha turnirlarda 37 marotaba maydonga tushib, 13 ta gol va oltita assist qayd etdi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Fikrlar