“Barsa” Mark-Andre ter Shtegen bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi
“Barselona” rahbariyati va jamoaning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o‘rtasidagi ziddiyat to‘liq barham topgan ko‘rinadi.
Kataloniya klubi rasmiy sayti orqali vaziyatga oydinlik kiritdi.
- “Barselona” shuni ma’lum qiladigan, Mark-Andre ter Shtegen klub La Liganing tibbiyot qo‘mitasiga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan zaruriy tibbiy hujjatlarni imzolab berdi.
Futbolchiga nisbatan chora qo‘llanish ishi to‘xtatildi. Ter Shtegenga asosiy jamoaning sardorlik vakolati qaytarildi, - deyiladi rasmiy bayonotdi.
Ta’kidlash joizki, 33 yoshli golkiper va klub o‘rtasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklar ortidan Mark-Andre ter Shtegen o‘zining operatsiyasiga doir hujjatlarni imzolashdan bosh tortgan edi.
Tajribali darvozabonning to‘liq tiklanishi uchun to‘rt oy vaqt kerak. Bu tibbiy hujjat klubga uning o‘rniga boshqa o‘yinchini qaydnomadan o‘tkazish imkonini beradi. Shu bois, ayrim manblar ter Shtegen yangi darvozabon Joan Garsiyaning qaydnomaga kiritilmasligi uchun tibbiy hujjatni imzolamaganini iddao qilgan edi.



Fikrlar