
“Barsa” o‘yinchisi Ronalduning yoniga boradi
“Barselona” va Daniya terma jamoasi himoyachisi Andreas Kristensen yozgi transferlar vaqtida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, 28 yoshli futbolchiga “An-Nasr” jiddiy qiziqish bildiryapti.
Krishtianu Ronaldu jamoasi joriy mavsum katta sovrinlardan quruq qoldi va shu bois tarkibni kuchaytirishga qaror qilgan.
Kristensenning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Biroq, uning transferini 40 million evro atrofidagi mablag‘ evaziga hal qilish imkoni bor.
Yakunlangan mavsumda Kristensen 30 ta uchrashuvda qatnashib, ikkitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar