“Barsa”: Shunday zo‘r hujumchimiz bor ekan, bilmagan ekanmiz
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi rahbariyati ispaniyalik hujumchi Ferran Torresning kelajagi bo‘yicha qarorini o‘zgartirdi. Bu haqida Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar jahon chempionatidan keyin Torresni sotib yuborish fikridan qaytgan va futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Ferran joriy transfer oynasida sotiladigan o‘yinchilar ro‘yxatidan chiqarildi.
La Liga amaldagi chempionlari Torres bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni istamoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida yakunlanadi.
Avvalroq matbuotda 26 yoshli hujumchiga PSJ qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ferran Torres 2022 yildan buyon “Barselona” safida to‘p surib kelmoqda. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 55 million yevro deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yildagi jahon chempionatida aynan Ferran Torresning finaldagi yagona goli ispaniyaliklarning Argentina ustidan minimal hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Fikrlar