
“Barsa” uch futbolchini kutyapti
“Barselona” yozgi transferlar davrida chap qanot himoyasini kuchaytirishga qaror qildi. Sport.es saytining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar bu pozitsiyaga uch nafar nomzodni tanlab qo‘ygan.
Asosiy nishon sifatida “Bavariya”ning 24 yoshli o‘yinchisi Alfonso Devis tanlandi. Biroq bu futbolchiga “Real” ham da’vogarlik qilmoqda. Kanadalik o‘yinchi Madridni tanlab bo‘lgani haqida ma’lumotlar chiqarilyapti.
Kataloniyaliklar ro‘yxatga “Benfika”ning 21 yoshli himoyachisi Alvaro Karreras va “Feyenoord”ning 22 yoshli o‘yinchisi Ugo Buenoni ham qo‘shdi.
Ispaniyalik Karreras “Benfika” chempionatida barcha 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, ikkita gol ham urdi.
Bueno mavsumni ijara asosida “Vulverxempton”da o‘tkazmoqda. “Bo‘rilar” safiga qo‘shilgan urugvaylik himoyachi Angliya Premer-ligasida olti marotaba maydonga tushdi.
Fikrlar