
“Barsa” uchta supermurabbiyni nishonga oldi, lekin...
“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsum yakunlanishi bilan jamoani tark etadi.
Kataloniyaliklar ichki chempionatda “Real”ga raqobat ko‘rsata olmadi, Evropa Chempionlar ligasida esa, o‘z maydonida PSJdan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etdi.
“Barselona” rahbariyati Xavining o‘rniga uchta kuchli mutaxassisdan birini taklif qilmoqchi bo‘lgandi. Kataloniyaliklar jamoani Xosep Gvardiola, Luis Enrike va Yurgen Kloppga topgirmoqchi edi. Biroq buning umuman imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Endi aksariyat ekspertlar katta ehtimol bilan Xavining o‘rnini o‘rinbosarlar jamoasini boshqarayotgan Rafael Markes egallashini ta’kidlamoqda.
Fikrlar