“Barsa” va “Real” bir futbolchini talashyapti

  • 23 sentabr, 2024, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispan grandlari – “Barselona” va “Real”ning manfaatlari bir o‘yinchi ustida to‘qnash kelib qoldi. Har ikki klubi PSJda o‘ynayotgan yarim himoyachi Fabian Ruisni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Tecno

Parij klubi 28 yoshli ispaniyalik yarim himoyachini sotib yuborishga tayyor.  Fabian Ruisning transferi klubga 35 million evro atrofida mablag‘ keltirishi kutilmoqda.

Ruis Ispaniyaning “Betis” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida ijara asosida “Elche”da ham to‘p tepgan. Keyinchalik to‘rt mavsum “Napoli” sharafinihimoya qildi.

PSJ markaziy yarim himoyachini 2022 yilning yozida 22,5 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘yinchining shartnomasi yana uch yil davom etishi belgilangan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!