“Barsa” Xavini hayratga solgan hujumchini chorlamoqda

  • 11 dekabr, 2021, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi tarkibni yangilashga kirishdi. Ispaniyalik mutaxassis ko‘p gol uradigan hujumchi qidirmoqda. Avval kataloniyaliklar safida bu ishni Lionel Messi bajarar edi.

Tecno

Todofichajes nashri Kataloniya klubi rahbariyati “Ayaks”da o‘ynayotgan Sebastyan Allega xaridor bo‘layotganini ma’lum qildi.

27 yoshli hujumchi joriy mavsumda sermahsul o‘yin namoyish etmoqda. Xaviga bu futbolchining Chempionlar ligasida harakatlari juda ma’qul kelgan. Alle qit’aning eng nufuzli musobaqasida guruh bahslarida oltita uchrashuvda o‘nta gol urishga erishdi.

Sebatsyanning “Ayaks” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Amsterdamliklar o‘z hujumchisini 27 million evroga qo‘yib yuborishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!