“Barsa” xo‘jayini Laporta Bellingemni aybladi

  • 24 yanvar, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Real” va “Almeriya” uchrashuvidan keyin madridliklar etakchisi Jud Bellingemni tanqid qilib, simulyatsiya ishlatganlikda aybladi.

- Futbol o‘ynaganlar biladigan muhim bir detal bor. Bellingem maydonda yotib, hakamga zimdan qarayapti. Jud “men seni alday oldimmi yoki yo‘q?” degan ma’noda qaradi. O‘yin davom ettirildi va “Real” to‘p kiritdi. Bu gol qoidalar asosida urildi, - dedi Joan Laporta.

Ushbu uchrashuvda “Qirollik klubi” vakillari 3:2 hisobida qiyin g‘alabaga erishdi.

Bellashuvda uchta bahsli vaziyat kelib chiqdi va qarorlar “Almeriya” zarariga chiqarildi. Bosh hakam Fransisko Xose Ernandes Maeso vaziyatni baholashda videotakrorlar yordamidan foydalanishiga to‘g‘ri keldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!