
“Barsa” Yamalni Ispaniya termasida o‘ynatmaydigan bo‘ldi
“Barselona” rahbariyati jamoa etakchisi Lamin Yamal Ispaniya milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘inlari va o‘yinlarida qatnashishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.
18 yoshli futbolchi yaqinda olgan jarohati asoratlaridan to‘liq qutilgani yo‘q. Jarohat kuchayib ketmasligini uchun kataloniyaliklar o‘z yulduzini 2026 yilgi jahon chempionatining mintaqaviy saralash turnirida Gruziya va Bolgariya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etmasligi kerak, deb hisoblamoqda.
Shunga qaramay, klub rahbariyati Lamin Yamal 1 oktyabr kuni Evropa Chempionlar ligasida “Pari Sen-Jermen” va 5 oktyabrda La Liganing navbatdagi tur uchrashuvida “Sevilya”ga qarshi to‘p tepishini istayapti.
Mutasaddilar pozitsiyasiga ko‘ra, Lamin Yamal klub ixtiyorida qolsa, o‘yinlar va tibbiy muolajalarni uyg‘unlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa, jarohatning kuchayishini oldini oladi.
Manbalarga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati Lamin Yamalni Ispaniya terma jamoasi ixtiyoriga qo‘yib yubormaslik uchun maxsus reja tuzgan va uni amalga oshirishga kirishdi.
Fikrlar