"Barsa" yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash arafasida
«Barselona» klubi darvozabon Dominik Livakovich transferi bo‘yicha «Fenerbaxche» bilan muzokara olib bormoqda.
Sport.es nashri xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga juda yaqin. 31 yoshli darvozabon uchun kataloniyaliklar taxminan uch million yevro atrofida to‘lov amalga oshirishi kutilmoqda, bu summaga bonuslar kiritilmagan.
Rejaga ko‘ra, shartnoma rasmiylashganidan so‘ng Livakovich bir mavsumni Zagrebning «Dinamo» jamoasida ijara asosida o‘tkazadi, 2027 yil yozida esa «Barselona» safiga qo‘shiladi.
Kataloniya klubi xorvat darvozabonini kelgusida Voytsekh Shchesnining o‘rnini bosadigan nomzod sifatida ko‘rmoqda. Polshalik darvozabon bilan amaldagi shartnoma kelasi yozgacha mo‘ljallangan. Shu bilan birga, jamoaning asosiy darvozaboni sifatida Joan Garsiya qolishi rejalashtirilgan.

Fikrlar