"Barsa" yangi darvozabon bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 21.08.2026 18:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» va «Fenerbaxche» darvozabon Dominik Livakovich transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Sport.es nashri xabariga ko‘ra, turkiyalik klub kataloniyaliklar taklifini qabul qilgan. Endi tomonlar faqat zarur hujjatlar almashinuvini yakunlab, bitimni rasmiylashtirishi qoldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 31 yoshli xorvat darvozaboni uchun «Barselona» to‘rt million yevro to‘laydi.

Shu bilan birga, Livakovich darhol «blaugrana» safida maydonga tushmaydi. Transfer rasmiylashganidan so‘ng, «Barselona» uni bir mavsumga ijaraga jo‘natishni rejalashtirgan. 

2027 yil yozida esa darvozabonni asosiy jamoaga qaytarish ko‘zda tutilmoqda. Kataloniya klubi Livakovichni kelajakda Voytsekh Shchesnining o‘rnini bosadigan va Joan Garsiya bilan raqobat qiladigan darvozabon sifatida ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!