
“Barsa” yulduziga 100 million evroga xaridor chiqdi
“Chelsi” tarkibini kuchaytirishni davom ettiradi. Londonliklar bu gal “Barselona”ning tajribali himoyachisi Jyul Kundeni olmoqchi.
Sport.es saytining yozishicha, “aristokratlar” 26 yoshli futbolchi uchun 100 million evro miqdorida badal puli to‘lashga tayyor.
Transferlar bo‘yicha ekspertlarning ta’kidlashicha, Angliya grandiga frantsiyalik o‘yinchi olish oson bo‘lmaydi. Chunki Jyul Kundening o‘zi Kataloniyada qolishni istayapti.
“Barselona” rahbariyati ham bu futbolchiga ishonch bildirishda davom etadi. Kataloniyaliklar Kundega yangi shartnoma tayyorlayapti. Unga ko‘ra, himoyachi 2030 yilning yormigacha “Barselona” qolishi belgilangan.
Kunde “Bordo” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z klubida pofessional darajada ikki yil o‘ynaganidan keyin uni “Sevilya” Ispaniya chempionatiga olib kelgan.
“Barselona” vakillari 2022 yili Kunde uchun “Sevilya”ga 50 million evro o‘tkazib bergan. Futbolchining uzaytirilishi kutilayotgan hamkorlik bitimi aslida 2027 yilning yozigacha davom etishi kerak.
Fikrlar