“Barsa” yulduziga aylangan Rafinyaning bir o‘zi “Sevilya”ni tiz cho‘ktirdi
Ispaniya La Ligasining 7-turidan o‘rin olgan «Sevilya» va «Barselona» o‘rtasidagi uchrashuvi Sevilya shahridagi «Ramon Sanches Pishuan» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 19-daqiqasida «Sevilya» yarim himoyachisi Yussuf Fofana hisobni ochgan edi. Biroq mezbonlar g‘alaba tugul, durang natijani ham ushlab qola olmadi.
Hisob ochilgandan uch daqiqa o‘tib, kataloniyaliklar hujumchisi Rafinya hisobni tenglashtirdi. 52-daqiqada Rafinya uchrashuvdagi ikkinchi golini urdi. 69-daqiqada esa braziliyalik futbolchi xet-trik qayd etib, yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.
Ispaniya chempionatidagi yetti uchrashuvdan so‘ng «Barselona» 21 ochko jamgarib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Sevilya» 13 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar