
“Barsa” yulduzlardan ayrilmoqda. Grizmann o‘ziga jamoa tanladi
“Barselona”ning etakchi hujumchisiga aylana olmagan Antuan Grizmann qishki transferlar vaqtida Kataloniyani tark etadigan bo‘ldi.
Bunga frantsiyalik hujumchi jamoa uni qo‘llab-quvvatlamayotgani va bosh murabbiy Ronald Kuman ham etarli darajada ishonch bildirmayotganini his qilayotgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Aslida Grizmann Kuman kelguncha ham jamoadan ketmoqchi bo‘lgandi. Biroq uning vakillari klub rahbariyati bilan uchrashganidan so‘ng, hujumchi qaroridan qaytgan. Ayni paytda Grizmann vataniga qaytib, PSJda to‘p tepishga rozilik bergani aytilmoqda.
“Barselona” 29 yoshli to‘purarni 2019 yilda “Atletiko”dan 120 million evroga sotib olgan edi.
Fikrlar