“Barsa”da katta yo‘qotish

  • 26.01.2024 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi Aleks Balde uchun mavsum tugadi.

Ispaniya kubogi chorak finalida doirasida Bilbaoda “Atletik” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Balde sonidan jarohat olgan edi. Chuqurlashtirilgan tekshiruvlar jarohat jiddiy ekanini ko‘rsatdi.

Marca nashrining yozishicha, 20 yoshli futbolchi mavumning qolgan qismini va yozda Germaniyada bo‘ladigan Evropa chempionatini o‘tkazib yuboradi.

Ayni paytda klub tibbiyot xizmati jarohatni davolash usullari bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak. Agar jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladigan bo‘lsa, futbolchi kamida to‘rt oy maydondan tashqarida qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!