“Barsa”da nima qilasan? Runi Keynga boshqa jamoa tanlab berdi
“Barselona”ning Harri Keynga qiziqishi haqidagi xabarlar ortidan Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi yulduz futbolchiga qaysi klubga o‘tishi kerakligi borasida maslahat berdi.
Runing taʼkidlashicha, Keyn “Old Trafford”ga yo‘l olishi lozim.
- Eshiting, agar Keyn “Bavariya”da qolmoqchi bo‘lmasa, men uni “Manchester Yunayted”da ko‘rishni juda istardim. Agar u meni eshityotgan bo‘lsa: “Harri, senda Alan Shirerning hali yangilanmagan rekordi bor... Va “Manchester Yunayted”ni yana cho‘qqiga qaytarishga yordam ber!”.
Ichimdagi his bilan aytamaniki, Keyn Premyer-ligani yutishni xohlaydi. U “Manchester Yunayted”ga kelib, jamoani chempionlikka olib chiqsa, nimalar bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring, - dedi Ueyn Runi BBC podkastida.
“Manchester Yunayted” so‘nggi marta 2013 yilda Angliya chempioni bo‘lgan. Keyingi mavsumlardagi natijalar jamoa muxlislarini ham, klub xo‘jayinlarini ham umuman qoniqtirmayapti.

Fikrlar