
“Barsa”dan ketsam, faqat bir jamoaga boraman!
“Barselona” markaziy himoyachisi Inigo Martines har qanday jamoada ham o‘ynayvermasligini bildirdi.
Agar kataloniyaliklar 33 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilsa, Inigo avvalgi jamoasi “Atletik” ixtiyoriga qaytib borishini aytmoqda.
Martines “Barselona”ga o‘tgan yoz erkin agent sifatida kelgan edi. Amaldagi shartnomasi kelasi yil oxirida yakuniga etadi.
Tajribali himoyasi aslida “Real Sosedad” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu klubning asosiy jamoasida sakkiz yil to‘p tepganidan keyin 2018 yili Bilbaoga ko‘chib o‘tgan.
“Atletik” vakillari o‘shanda Inigo uchun “Real Sosedad”ga 32 million evro to‘lagan edi.
Fikrlar