
“Barsa”ga ishongan yulduz arosatda qoldi
“Barselona”ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klub rahbariyatining transfer siyosatidan norozi bo‘lmoqda.
Germaniyalik darvozabon klubning moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotganini inobatga olib, maoshi kamaytirilgan bitim imzolagan edi. Biroq, kataloniyaliklar o‘tgan yozdan boshlab, italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummaga og‘iz solmoqda. Aynan mana shu vaziyat ter Shtegenga yoqmayapti.
Donnarummaning hozirgi jamoasi – PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino janubiy amerikalik futbolchilar bosimi ostida darvozani Keylor Navasga topshirmoqda. Italiyalik posbon esa sog‘lom raqobat yo‘qligi bois klubdan ketmoqchi bo‘lyapti. “Barselona” uni o‘z safiga chorlamoqda.
Agar klub Donnarummani qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, ter Shtegen Kataloniyadan ketishini ma’lum qildi. Tajribali darvozabonga anchadan beri “Bavariya” qiziqish bildiryapti va uni o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.
Fikrlar