
“Barsa”ga qarshi eng zo‘r o‘yinimni mast holda o‘tkazganman
Italiyalik sobiq futbolchi Franchesko Koko faoliyati davomida tartib-intizomga umuman amal qilmaganini aytib berdi.
Xususan, “Milan” tarkibida Chempionlar ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi uchrashuvni mast holda o‘tkazganini, lekin o‘sha bahsda eng zo‘r o‘yinchilardan bo‘lganini ta’kidladi.
- Faoliyatim davomida tuni bilan sayoq yurib, keyin maydonga tushgan o‘yinlar ko‘p bo‘lgan. 2000 yili shunday uchrashuv bo‘lgandi. Tuni bilan kayfu safo qilib, ertalab uyga keldim, tishlarimni tozalab, narsalarimni oldin va biz Barselonaga uchdik. Men “Barselona”ga qarshi faoliyatimdagi eng zo‘r o‘yinni ana shunday holatda o‘tkazdim, - dedi Franchesko Koko.
Koko o‘sha o‘yindan keyin kelasi mavsumni “Barselona”da o‘tkazdi.
Franchesko “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadan tashqari, “Vichentsa”, “Torino”, “Inter” va “Livorno” kabi jamoalardan ham to‘p tepgan.
Italiya milliy terma jamoasida 17 marotaba maydonga tushgan.
Fikrlar