
“Barsa”ni hali hech kim bunchalik xo‘rlamagan
Ispaniya Superkubogi finalida “Real” ashaddiy raqib “Barselona”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Hal qiluvchi bahsda kataloniyaliklar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan Vinisius Junior o‘yin qahramoni bo‘ldi. Braziliyalik hujumchi bir o‘yinning o‘zida uchta katta rekord sohibiga aylandi.
Birinchidan, Vinisius Junior XXI asrdagi “el-klasiko”larda eng tezkor rekord sohibi bo‘ldi. Buning uchun unga 39 daqiqa kifoya qildi.
Junior “Barselona” darvozasiga bir uchrashuvda uchta gol urgan “Real”ning ilk braziliyalik legioneriga aylandi. Bu ham Vinisius nomini tarixga muhrladi.
Bundan tashqari, Vinisius “el-klasiko”ning dastlabki o‘n daqiqasida dubl qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu ishni hatto Krishtianu Ronaldu va Linoel Messi ham uddalay olmagan.
Fikrlar