
“Barsa”ning lafzi kuchlimi yoki MYuning pulimi?
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona” yarim himoyachisi Ansu Fati uchun avval 100 million, keyin 150 million evro taklif qildi.
Kataloniyaliklar dastlabki taklif vaqtidayoq bu futbolchi sotilmasligini ma’lum qilgan. Shuning uchun manchesterliklarning ikkinchi urinishi ham samara bermadi.
Hozir “Barselona”ni boshqa masala o‘ylantirmoqda. Agar “Manchester Yunayted” so‘nggi taklifiga yana 20 million qo‘shsa, futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan badal puli miqdori hosil bo‘ladi va Fatini qo‘lga kiritish muammo bo‘lmaydi.
Ko‘ramiz, “Barsa”ning lafzi kuchlimi yoki MYuning pulimi?
“Manchester Yunayted” “Barsa” futbolchisi uchun dahshatli summa tikmoqda
“Barsa” 100 million evrolik sirni ochib qo‘ydi
Fikrlar