
“Manchester Yunayted” “Barsa” futbolchisi uchun dahshatli summa tikmoqda
Yaqinda “Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona” futbolchisi Ansu Fati uchun 100 million evro taklif qilib, rad javobini olgan edi.
Manchesterliklar 17 yoshli yarim himoyachi bo‘yicha yangi taklif tayyorladi. Unga ko‘ra, inglizlar bu futbolchi uchun kataloniyaliklarga 150 million evro berishga tayyor. Fatining shartnomasida esa badal summasi 170 million evroga tenglashtirilgan.
“Barselona” rahbariyati garchi Fati sotilmasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, MYu taklif qilayotgan dahshatli summa pandemiyadan keyin iqtisodiy muammolarga duch kelayotgan kataloniyaliklarning fikrini o‘zgartirishi mumkin.
Fikrlar