
“Barsa” 100 million evrolik sirni ochib qo‘ydi
Yaqinda “Barselona” hujumchisi Ansu Fati uchun 100 million evro taklif qilingani haqida xabar tarqalgan edi.
Boshida kataloniyaliklar yosh futbolchiga katta summa tikkan klub nomini yashirayotgan edi. Keyinroq, taklif “Manchester Yunayted”dan chiqqani oshkor bo‘ldi. Shunda ham “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu taklifni rad etgan.
Fati “Barselona” akademiyasiga 2012 yili “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan. O‘tgan yili asosiy jamoada debyut qilgan yosh iqtidor egasi barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushib, beshta gol urgan.
Transfermarkt Fatining transferini ancha arzon – 36 million evroga baholamoqda.
Fikrlar