“Barsa”ning Xolandga kuchi etmadi

  • 30.11.2021 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” norvegiyalik to‘purar Erling Xoland uchun kurashdan chiqdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu o‘yinchining transferini tashkil etganligi uchun uning agenti va otasiga to‘lanadigan komissiya pulining o‘zi kataloniyaliklarning “tizzasini qaltirib” qo‘ygan.

Xolandning shartnomasidagi maxsus bandga ko‘ra, “Borussiya” uni yozda 75 million evroga sotishiga to‘g‘ri keladi. Biroq, bu bilan ish bitmaydi. O‘yinchiga egalik qilmoqchi bo‘lgan klub, dortmundliklarga ushbu summani to‘lagandan keyin futbolchining agentiga 40 million va otasiga 20 million evro gonorar chiqarib berishi kerak.

Bu darajadagi xarajatlar moliyaviy inqirozdan chiqolmayotgan “Barselona”ni yanada og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin.

Xolandga asosan Ispaniya va Angliya klublari xaridor bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!