“Barsa”ning yangi futbolchisi Flikni hayratga soldi
“Barselona” yozgi transferlar oynasi boshidayoq transfer qilgan angliyalik hujumkor futbolchi Entoni Gordon bosh murabbiy Hans-Diter Flikda yaxshi taassurot qoldirdi.
Angliyalik futbolchi bir hafta avval ta’tildan qaytdi. Barca Universal xabariga koʻra, 25 yoshli futbolchi “koʻk-anorranglilar” jamoasi ixtiyoriga a’lo jismoniy holatda yetib kelgan.
Shuningdek, u jamoaga tezda moslashib, murabbiy talablarini yaxshi oʻzlashtirdi va shu bilan Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabini hayratda qoldirdi.
Entoni Gordon “Barselona” tomonidan “Nyukasl2dan 70 million yevroga sotib olindi. Transfer may oyining oxiridayoq e’lon qilingan edi. Yozda futbolchi Angliya terma jamoasi safida jahon chempionatida oltita oʻyin oʻtkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar