“Barsa”ning yangi yulduziga boshqa jamoadan ish chiqdi

  • 11 iyun, 2024, 17:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu yilning boshida “Barselona” safiga qo‘shilgan braziliyalik Vitor Rokening Kataloniyadagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi.

Tecno

19 yoshli futbolchining agentlari o‘z mijoziga muntazam o‘yin amaliyoti beradigan klub qidirmoqda.

Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, “Yuventus” Rokega hamkorlik taklif qilmoqchi.

Turin klubini qabul qilib olgan Tyago Motta jamoaga yosh va iqtidorli bo‘lgan hujumkor futbolchi va yarim himoyachilarni olib kelmoqchi. Ro‘yxatga Vitor Roke ham kiritildi.

Ma’lumki, “Barselona” Vitor uchun “AtletikoParanaense” klubiga 40 million evro to‘lagan.

Transfer masalasida ko‘p narsa “Barselona”ga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Xans-Diter Flikning qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!