
"Barselona" - "Real": Matnli translyatsiya
Birozdan so‘ng Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" Madrid uchrashuvi start oladi. Ushbu o‘yindan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib boring.
120+1. O‘yin yakuniga etdi. Qiyin o‘tgan bahsda "Real" 3:2 hisobida "Barselona"ni mag‘lub etib, Ispaniya kubogi finaliga yo‘l oldi.
119. "Barselona"da juda havfli imkoniyat vujudga keldi, biroq Kurtua o‘z o‘rnida.
114. Arauxo Kamavingaga nisbatan qo‘pol o‘ynadi.
112. Fati jarima maydonida yiqilib tushdi, biroq ushbu vaziyatda fol yo‘q.
109. Ez Abdening olisdan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
107. Vinisiusning oyoq mushaklari tortishib qoldi.
106. Ekstra taymlarning ikkinchisi start oldi.
105. Ekstra taymlarning birinchisi yakuniga etdi.
104. Pedri qochib ketayotgan Rodrigoni fol evaziga to‘xtatib qoldi.
101. Buskets va Dembele tomonidan yo‘llagan zarbalarni Kurtua qaytardi.
98. "Real" qarshi hujumga o‘tib ketdi. Valverde "Barsa" jarima maydonida paydo bo‘ldi va o‘zining aniq zarbasi bilan hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
96. "Barselona" to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oldi.
94. Dembele oldinga o‘tayotgan bir paytda himoyachilar uni to‘xtatdi.
92. Ez Abdening bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
91. Ekstra taymlarning birinchisiga start berildi.
90+2. Uchrashuvning asosiy vaqti yakuniga etdi. Endi ekstra taymlar guvohi bo‘lamiz.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
89. Dembele ajoyib vaziyatni ko‘kka sovurdi.
87. Pedri "Real" jarima maydonida yiqilib tushdi, biroq penalti emas.
84. GOOOOOOOL! Ansu Fati qanotdan uzatib berilgan to‘pni "Real" darvozasiga joylab qo‘ydi.
81. "Barsa" havfli hujum uyushtirdi. Pedri ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. Biroq ushbu epizodda ofsayd ham bor edi.
80. "Real" foydasiga jarima to‘pi. Nuqta yonida Kross.
78. Dani Alves va Gavi maydonni tark etdi. Niko va Depay o‘yinga tushdi.
77. "Barsa" burchak to‘pi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
75. Kazemiro Gavini ushlab qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi.
74. "Real" burchakdan to‘pni o‘yinga kiritib bermoqda.
71. GOOOOOOOOL! Benzema "Real"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Qanotdan uyushtirilgan havfli hujumdan so‘ng Benzema zarba yo‘lladi. Dastlab, Ter shtegen to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni Karvaxal egallab olib, yana Karimga to‘pni etkazdi. Bu safar M.A.T.S ojiz.
69. Benzemaning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.
66. "Barsa" safida o‘zgarish. Lyuk De Yong o‘rniga Ansu Fati maydonga tushdi.
65. Asensio bir o‘zi qanotdan kirib bordi, biroq zarba berishga ish bormadi.
63. Alba va Asensio to‘qnashib ketdi.
61. "Real"ning havfli hujumi besamar yakunlandi. Hujum markazida zarba beradigan futbolchi topilmadi.
59. "Real" Madrid pozitsion hujumga hozirlik ko‘rmoqda.
57. Pedri maydon markazida qo‘pol xato evaziga to‘pni yo‘qotdi.
56. Abde qanotdan yorib kirib, kuchsizroq zarba yo‘lladi.
54. Dembelening jarima maydoni ichida yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
51. Dani Alves Vinisiusni qo‘pollik evaziga to‘xtatib qoldi va sariq kartochka bilan jazolandi.
50. Dembelening olisdan yo‘llagan zarbasi Lyuk De Yongga tekkan holda, maydonni tark etdi.
50. Pedrining olisdan yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
49. "Barselona" ikkinchi bo‘limni o‘ta faol boshladi.
47. Dembelening olisdan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
46. Ferran Torres o‘rniga Ez Abde, Frenki De Yong o‘rniga esa Pedri maydonga tushdi.
45. O‘yinning asosiy vaqti yakuniga etdi va hakam xushtak chalib, birinchi bo‘limga yakun yasab berdi.
44. Gavi maydon markazida Nachoga nisbatan o‘yin qoidasini buzdi.
41. GOOOOOOOOL! "Barselona" hisobni tenglashtirdi. Militaoning xatosidan so‘ng to‘p Lyuk De Yongga tegib darvoza to‘ridan joy oldi.
39. Dembelening pasidan so‘ng Ferran darvoza tomon zarba bera olmadi.
38. Asensioning olisdan yo‘llagan zarbasini Ter shtegen egallab oldi.
36. Busketsning ajoyib uzatmasidan so‘ng to‘p Ferran Torresga etib keldi, biroq u etkazib bergan nuqtada zarba beradigan futbolchi topilmadi.
34. Dembelening olisdan yo‘llagan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
32. Jordi Albaning qanotdan bergan uzatmasidan so‘ng Lyuk De Yong yana bosh bilan zarba yo‘lladi, biroq Kurtua o‘z o‘rnida.
30. Dembelening uzatmasidan so‘ng Lyuk De Yong bosh bilan zarba yo‘lladi, biroq Kurtua o‘z o‘rnida.
27. "Real"dan yana bir havfli hujum. Ammo bu safar himoyachilar ishonchli o‘ynadi.
25.GOOOOOOL! Busketsning xatosidan so‘ng Benzema to‘pni egallab oldi. U Vinisiusni to‘p bilan ta’minladi. Junior esa Ter shtegen darvozasini ishg‘ol etdi
23. Ferran Torresga sariq kartochka ko‘rsatildi.
19. Asensioning yaqin masofadan o‘z uslubida yo‘llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
18. "Barselona" burchak to‘pi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
15. "Real"ning havfli hujumi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.
12. Modrich Vinisiusni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, Juniorning zarbasini esa Ter shtegen egallab oldi.
11. "Barselona" qarshi hujumga o‘tib ketishi mumkin edi. Biroq Lyuk De Yongning uzatmasiga aniqlik etishmadi.
9. Gaviga nisbatan maydon markazida o‘yin qoidasi buzildi.
8. Vinisius to‘pni Asensioga tashlab berdi. Ispaniyalik futbolchining to‘xtatmay yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
6. Karvaxalning uzatmasidan so‘ng Buskets to‘pni Ter Shtegenga tashlab raqib hujumini to‘xtatdi.
5. "Barselona" "Real" jarima maydoni atrofida to‘pni nazorat qilmoqda
4. Alba jarohat olgan ko‘rinadi.
2. "Real"dan havfli hujum. Benzemaning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
1. O‘yinga start berildi.
23:58. O‘yin boshlanishiga kam vaqt qoldi. Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.
Fikrlar