"Barselona" Arauxoni sotadimi?

  • 3 avgust, 02:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. "Transfer News Live" nashri jurnalist Santi Ovalega tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar ushbu yozda urugvaylik futbolchini sotish niyatida emas.

Tecno

Klub rahbariyati Arauxoni jamoaning muhim futbolchisi deb hisoblamoqda va uni saqlab qolishni ustuvor vazifa sifatida ko‘rmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Barcelona's Ronald Araujo controls the ball during the preseason friendly between Vissel Kobe and FC Barcelona at Noevir Stadium Kobe on July 27,...

Ronald Arauxo "Barsa" safida 175 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma amalga oshirgan. Avvalroq matbuot uni Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi bilan bog‘lagandi, biroq bu transfer amalga oshmaydigan bo‘lib turibdi.

Kataloniyaliklar yozgi transferlar davrida himoya markazini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratishmoqda va Arauxo bunda asosiy figuralardan biri sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!