"Barselona" "Atletik"ga qarshi o‘yindan keyin tarixga kirdi
"Barselona" La Liganing 25-turida "Atletik" Bilbaoga qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu g‘alaba orqali kataloniyaliklar tarixga kirdi.
Gap shundaki, "Barselona" chempionatda 25 ta o‘yindan 19 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Xavi shogirdlari mazkur natijaga erishgan yagona klub hisoblanadi.
"Barsa" La Ligada chempionlik uchun harakat qilmoqda. Jamoa ayni payt 65 ochko bilan turnir peshqadami bo‘lib turibdi.

Fikrlar