
"Barselona" "Chelsi"ni tablikladi
“Chelsi” finalda “Manchester Siti”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
“Barselona” klubi tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali “aristokratlar”ni uchun g‘alaba bilan tablikladi.
“Chelsi”ni Chempionlar ligasidagi g‘alaba bilan tabriklaymiz va “Manchester Siti”ning ajoyib mavsumi uchun Gvardiolaga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi klub xabarida.
Xosep Gvardiola 2008-2012 yillarda “Barselona”ga ustozlik qilgan va ushbu klub bilan UEFA Chempionlar ligasida 2 marta g‘alaba qozongan.
“Chelsi” o‘z tarixida 2-marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. Londonliklar ushbu sovrinni ilk bor 2012 yilda qo‘lga kiritishgan.
Fikrlar