"Barselona" faqatgina 82 yil avval bu yilgidan yaxshiroq ko‘rsatkich qayd etgan

  • 10 fevral, 11:16
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
"Barselona" yil boshidan buyon o‘rilgan gollar soni bo‘yicha 1943 yilda o‘rnatilgan rekordini yangiladi. 

Kecha kataloniyaliklar "Sevilya"ni La Liga 23 turi doirasida 4:1 hisobida taslim etdi. 

Xans-Diter Flik shogirdlari 2025 yil boshlanganidan buyon 11 uchrashuvda 41 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi bora "ko‘k-anorranglilar" 1943 yilda Xuan Xose Noges qo‘l ostida 11 bahsda 42 ta gol urgandi. 

Umuman olganda, Kataloniya grandi joriy mavsum 36 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga jami 113 ta to‘p kiritgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!