
"Barselona" himoyachisi Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin
Qishki transferlar oynasida "Milan" klubi o‘z tarkibiga markaziy himoyachi qo‘shib olishni maqsad qilgan. Klub buning uchun "Barsa" a’zosi Klemen Langle bo‘yicha kataloniyaliklar bilan bog‘landi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, milanliklar ro‘yxatida "Arsenal" vakili Yakub Kivor ham bor. Shuningdek, klub Matteo Gabbiyani ijaradan qaytarishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Langle mavsum boshida "Aston Villa"ga ijaraga berilgan. Ammo u hali APLda maydonga tushmadi. Kam o‘yin amaliyotidan keyin futbolchining o‘zi ham klubni tark etish ehtimoli bor.
Fikrlar