"Barselona" jamoa posboni bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 8 fevral, 18:13
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" Voytsex Shensni bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, har ikki tomon hamkorlikni yana bir mavsumga davom ettirishga tayyor. Yakuniy qaror bahorda qabul qilinadi. Posbonning joriy mavsum oxirigacha ko‘rsatadigan o‘yini hal qiluvchi omil bo‘ladi.

Darvozabon so‘nggi beshta o‘yinda ketma-ket asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ta’kidlanishicha, Shensni o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirmoqda va mavsumning hal qiluvchi o‘yinlarigacha o‘zini to‘liq namoyon etishni maqsad qilgan.

O‘z navbatida, Shensni va uning oilasi Barselonadagi hayotga juda yaxshi moslashgan. Bundan tashqari, uning Robert Levandovski bilan munosabatlari a’lo darajada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!