
"Barselona" Kanselu borasida bir qarorga keldi
"Barselona" o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselu borasida bir qarorga keldi. Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Kataloniya klubi rahbariyati Kanseluning ijara muddatini yana bir mavsumga uzaytirish ustida ishlamoqda.
Bosh murabbiy Xans-Diter Flikka Joauning o‘yin uslubi yoqadi va shu sabab klub 30 yoshli portugaliyalikni tarkibda saqlab qolishga harakat qilmoqda. Kanseluning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. "Shaharliklar" esa shu yozdayoq uni doimiy ravishda sotmoqchi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli himoyachi 2023/24 yilgi mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida La Liganing 32 ta uchrashuvida qatnashib, ikkita gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar