“Barselona” Levandovski bo‘yicha rejasini ma’lum qildi

  • 23.03.2026 18:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati jamoaning polshalik hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar 37 yoshli forvard bilan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni o‘ylamoqda, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Levandovskining o‘zi ham kelajagi borasida qarorga kelmagan. Polyak hujumchisi faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda. Unda “Barselona”da qolish, Yevropaning boshqa grand klubiga o‘tish, Saudiya Arabistoni chempionatiga ketish yoki MLS jamoalari taklifini qabul qilish imkoniyati bor.

Ma'lumotlarga qaraganda, Kataloniya klubi rahbariyati Robert Levandovskiga o‘z kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni mustaqil ravishda qabul qilish imkoniyatini qoldirgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!