Hech kim kutmagan nomzod! Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy topildi
«Beshiktaş» klubining sobiq bosh murabbiyi Sergen Yalchin yaqin kunlarda Turkiya milliy terma jamoasini qabul qilib olishi kutilmoqda. Hozirda ishsiz yurgan mutaxassis tez orada terma jamoa bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi mumkin.
Mashhur insayder va jurnalist Nikolo Skira tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis tez orada terma jamoada yaqin dagina iste’foga chiqarilgan Vinchenzo Montella o‘rnini egallashi rejalashtirilgan.
Italiyalik murabbiyi qo‘l ostida turklar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida kutilgan natijani ko‘rsata olmadi va Millatlar ligasida ham omad siz ishtirok etdi.
Shuningdek, avvalroq ommaviy axborot vositalarida Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Arda Turan nomzodi ham ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan di. Biroq u bu taklifni rad etgani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sergen Yalchin «Beshiktaş»dan tashqari qator turk klublarini ham boshqargan. U o‘z vaqtida «Konyaspor», «Antalyaspor», «Sivasspor», «Kayserispor» kabi jamoalarda ham faoliyat yuritgan.

Fikrlar